A
x up auto down
conv
conv
phone
Ovozli yordamchini ishga tushirish uchun matnni belgilang
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 aprel kuni Buxarestda NATO/Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etdi. Bu yerda Yevroatlantika hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlik, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga doir masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston 1994 yildan buyon NATO bilan “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasida hamkorlik qilib kelmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 04/04/2008 - 07:20

Korxonaning yangi mahsulotlari

Mamlakatimizda rangli metall parchalari va chiqindilarini yig‘ish hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2006 yil 18 iyulda qabul qilingan “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjatda rangli metall parchalari va chiqindilarini kompleks ravishda qayta ishlash, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash, yuridik shaxslar bilan fyuchers shartnomalarini tuzish va temir-tersak hamda chiqindilar topshirilishini rag‘batlantiruvchi erkin narxlar bo‘yicha hisob-kitob qilishni tashkil etish belgilab berildi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 03/04/2008 - 07:10

Bankda saqlagan afzal

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Prezidentimizning 2008 yil 20 fevralda qabul qilingan “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni aholining bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklari omonatlariga jalb etish borasida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Farg‘ona viloyatida ham mazkur farmon ijrosini ta’minlash borasida tijorat banklari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 03/04/2008 - 05:09

“Mikrokreditbank”: xizmat turlari kengaymoqda

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida bank-moliya tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samaralarini berayotganialohida ta’kidlandi. Hozirgi kunda 33 mingdan ortiq aksiyadorga ega “Mikrokreditbank” o‘zining saksonga yaqin filiali va 270 minibanki orqali aholiga ko‘plab turdagi bank xizmatlari ko‘rsatmoqda. “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi J.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 01/04/2008 - 07:08

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

Toshkent shahrida 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, o‘tkazilayotgan tadbir kun tartibiga kiritilgan masalalarga faoliyati daxldor davlat organlarining rahbarlari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi. Senatorlar o‘z ishlarini «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 28/03/2008 - 07:07

Surxondaryo viloyati Kengashining sessiyasi

Shu yilning 25 mart kuni Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Surxon vohasi, uning fidoyi mehnatkashlari o‘z yurtini yanada obod qilish va taraqqiy toptirishda hech kimdan kam bo‘lmasdan, balki ba’zi bir jarayonlarda boshqalarga ibrat bo‘lib kelayotgani barchamizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi, dedi Yurtboshimiz.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 25/03/2008 - 07:06

"WorldFood Uzbekistan" va "AgroWorld Uzbekistan" ko‘rgazmalari ochildi

“O‘zekspomarkaz”da 25 mart kuni “Oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, qadoqlash va uskunalar – WorldFood Uzbekistan 2008” va “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2008” xalqaro O‘zbekiston ko‘rgazmalari ochildi. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan “ITE Uzbekistan” va “I.T.E. Exhibition & Conferences Ltd” (Buyuk Britaniya) xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 25/03/2008 - 05:05

“General Motors Uzbekistan” qo‘shma korxonasi kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi

Toshkentda yangi tashkil etilgan avtomobil ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha “General Motors Uzbekistan” qo‘shma korxonasi kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. «O‘zavtosanoat» aksionerlik kompaniyasi va dunyoga mashhur «General Motors» korporatsiyasi mazkur qo‘shma korxonaning muassislari hisoblanadi. 2007 yilning oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifi davomida “General Motors Europe” (“GME”) va “GM Daewoo Auto & Tehnology” (“GMDAT”) kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 20/03/2008 - 07:04

2007 yilda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvorliklari va ular asosida qabul qilingan maqsadli kompleks va tarmoqlarni rivojlanish dasturlarining amalga oshirilishi 2007 yilda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi. I. Iqtisodiy o‘sishning barqaror va mutanosibli sur'atini ta'minlash Iqtisodiy o‘sishning barqaror va muvozanatlashgan sur'atini ta'minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida mamlakat makroiqtisodiy rivojlanishidagi mavjud ijobiy tendensiyalar sezilarli darajada mustahkamlandi.
Davomi » Nashr etilgan: Yak, 16/03/2008 - 06:17

2008 yilda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi

1. Vazirlar Mahkamasining 2007 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida qayd etildiki, 2007 yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorligi ta’minlandi, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 12/02/2008 - 06:15

Pages