Elektron hukumat
Raqamli iqtisodiyot milliy strategiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli "2017 - 2021 yillarda o‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq joriy yilning 1 dekabriga qadar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsiya vazirliklari hamda "O‘zaloqanazorat" inspeksiyasi tomonidan Raqamli iqtisodiyot milliy strategiyasining ishlab chiqilishi hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta'minlash belgilangan.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy yil 1 mayga qadar "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasining ishlab chiqilishini ta'minlashi belgilangan.
Munozaralarga boy taqdimot
Bugun iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati xodimlarining Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi - Ijro.gov.uz hamda “GERMES” elektron hujjat aylanish tizimlarida ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “UNICON.UZ” DUK hamda “BAIK Technologies” MCHJ mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar-taqdimoti o‘tkazildi.
Axborot xavfsizligi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi
Ma'lumki, mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta'minlash muhim va dolzarb masala hisoblanib, bu sohada hukumatimiz, vakolatli organlar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda tegishli choralar ko‘rib kelinadi.
Xalq bilan muloqotni takomillashtirish yo‘lida virtual qabulxona faoliyati yo'lga qo'yildi
Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Virtual qabulxona orqali jismoniy hamda yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga o‘z arizalari, shikoyatlari, takliflari hamda vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarini yuborishlari mumkin.